“Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkor faoliyati o‘rganildi
2026-08-06 21:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda tuman prokurori Oybek Toshpo‘latov “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Axliddin Normatov bilan uchrashib, uning tadbirkorlik loyihasi bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirish, yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda loyihani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit ajratish bo‘yicha bildirilgan murojaatni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mahalla hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisiga tegishli topshiriqlar berildi.



