“Yoshlar kuni” doirasida yoshning bandlik masalasi ijobiy hal etildi
2026-08-06 21:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda tuman prokurori Oybek Toshpo‘latov “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Akbaraliyev Sardor Muzaffar o‘g‘li xonadoniga tashrif buyurib, uning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Muloqot davomida yoshning bandligini ta’minlash masalasi o‘rganilib, doimiy ishga joylashish bo‘yicha bildirgan murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, mas’ullarga yoshni “Oqbilol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Guangda Ekologik Energiya” (Farg‘ona) MChJ tomonidan barpo etilayotgan maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish zavodida amaliyot va ish o‘rganishga yo‘naltirish, sinov muddati yakunlangach esa korxonaga doimiy ishga joylashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


