“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar murojaati o‘rganildi
2026-08-06 20:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda tuman prokurori Oybek Toshpo‘latov “Konchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Yolchiyeva Nasimaxon Yunusali qizining onasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida kontrakt to‘lovining bir qismini qoplash bo‘yicha bildirilgan murojaat atroflicha o‘rganildi. Mazkur masalani amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.


