Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-08-06 12:00:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga tuman Kengashi raisi Bahodir Ahmadjonov raislik qildi.
Sessiya davomida 2026-yilning birinchi yarim yilligida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, Prezidentimiz topshiriqlari bajarilishi, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilik profilaktikasi, jamoat xavfsizligi, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti, sog‘liqni saqlash, mahallalar faoliyati, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari, "Ochiq budjet" hamda "Mening bog‘im" loyihalari, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va tuman Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, ularning amaliy natijadorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.







