Zamonaviy gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi
2026-08-06 11:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati doirasida tabiiy gaz hisobini takomillashtirish, yo‘qotishlarni qisqartirish hamda raqamli nazorat tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tumanning “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ishonch” gaz taqsimlash stansiyasi orqali gaz bilan ta’minlanadigan AGTKSHda yangi avlod ultratovushli elektron gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi.
Mazkur zamonaviy qurilma tabiiy gaz sarfini yuqori aniqlikda hisobga olish, iste’mol ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda axborot tizimiga uzatish hamda tashqi aralashuvlardan ishonchli himoyalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, unga o‘rnatilgan masofadan boshqariladigan ochish-yopish klapani gaz ta’minotini tezkor va samarali boshqarishga xizmat qiladi.

