Xitoylik investor bilan investitsiya loyihasi muhokama qilindi
2026-08-05 22:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tuman hokimligi binosida "HUAI HE" Co., Ltd. korxonasi rahbari Guo Guanchang bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasi muhokama qilindi. Xususan, loyihaning amalga oshirish bosqichlari, ishlab chiqarish quvvatlari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda amalga oshirish, investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.






