“Kaptarxona” qabristonida hashar o‘tkazildi
2026-08-05 20:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani “Kaptarxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Kaptarxona” qabristonida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hashar va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Hashar tadbirida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududni obod va ozoda saqlashga munosib hissa qo‘shdilar.
Tadbir davomida qabriston hududi chiqindilardan tozalanib, ariq-zovurlar kengaytirildi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.



