Mahallalarda hashar va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-08-05 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanidagi mahallalarda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ozoda saqlashga munosib hissa qo‘shdilar.
Hashar davomida ko‘chalar, qabristonlar va ariq-zovurlar chiqindilardan tozalanib, ariqlar kengaytirildi hamda hududlarda sanitariya-tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi xayrli tadbirlar tumanning barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.




