“Hosilot” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
2026-08-01 21:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamadjanova Farg‘ona tumanida olib borgan o‘rganishlari doirasida "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati bilan tanishib, mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazdi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–350-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xususan, mahalla yettiligi a’zolarining o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda hududni rivojlantirish borasidagi faoliyati muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.




