Yoshlar uchun rejalashtirilgan loyihalar o‘rganildi
2026-08-01 14:35:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev tomonidan Farg‘ona tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bilan tanishildi.
O‘rganish davomida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning mazmuni, yoshlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, ularning samaradorligini oshirish hamda yoshlarni doimiy bandlik bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.




