Malina ko‘chatlari yetishtirish loyihasi o‘rganildi
2026-08-01 14:00:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki boshqaruv raisi Saxi Annaklichev hamda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev tomonidan Farg‘ona tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Mingboyev Roqubjon Asqarovich xonadonida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida xonadonda yo‘lga qo‘yilgan malina ko‘chatlari yetishtirish faoliyati bilan yaqindan tanishilib, loyihaning iqtisodiy samaradorligi, daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.






