“Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
2026-08-01 13:05:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki boshqaruv raisi Saxi Annaklichev hamda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev tomonidan Farg‘ona tumanining "Dilkusho", "Sanoat" va "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Yakunda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



