“Beruniy” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-31 21:00:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Mahkamov hamda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abduganiyeva tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilalarda uchrayotgan muammolarni barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etish hamda fuqarolarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni, shuningdek PQ–1 va PQ–2-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi yangi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.



