Rossiyalik investor bilan istiqbolli loyiha muhokama qilindi
2026-07-31 13:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov rossiyalik investor, "Medialider" xorijiy korxonasi rahbari Beglaryan Andranik Yuryevich bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida barcha turdagi fastfud mahsulotlari uchun bulochkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan investitsiya loyihasi muhokama qilindi.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda mahalliy bozorda sifatli mahsulotlar ulushini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida loyihani amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashilib, investorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish hamda investitsiya loyihasini jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.






