Nuroniy holidan xabar olindi
2026-07-31 11:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan o‘rganishlari davomida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Chimyon ko‘chasi, 7-uyda istiqomat qiluvchi, 89 yoshni qarshilagan Suydixon ona Otajonova holidan xabar oldi.
Tashrif davomida nuroniyning salomatligi, yashash sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan qiziqilib, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlari hamda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Suhbat davomida Suydixon onaga ezgu tilaklar bildirilib, nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib e’tibor ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.



