Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanmoqda
2026-07-24 00:26:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ida Prezidentimizning 2026-yil 12-yanvardagi **“Farg‘ona turistik rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi qarori ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruh a’zolari ishtirok etgan yig‘ilishda hududning o‘ziga xos iqlim sharoiti va tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, Shohimardonni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy turizm markaziga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.








