Xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida
2026-07-21 18:30:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida xotin-qizlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning ijtimoiy, huquqiy va boshqa dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.



