Farg‘ona tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-07-21 18:00:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan 15 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, 4 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan 8 ta murojaat ijroga qaratilib, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlar ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.









