Farg‘ona tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirildi
2026-07-21 08:05:00 / Yangiliklar

Kuzatilayotgan jazirama issiq ob-havo tufayli elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama ortib borayotgani munosabati bilan Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Farg‘ona tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud tarmoqlarni mustahkamlash, elektr energiyasidan oqilona foydalanish hamda iste’molchilarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xususan, tumanning “Sanoat” mahallasidagi 805-sonli hamda “Guliston” mahallasidagi 948-sonli transformator punktlarida texnik ko‘rik va profilaktik ishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan texnik kamchiliklar bartaraf etilib, amalga oshirilgan ishlar natijasida elektr energiyasi yo‘qotishlari 20,3 foizdan 17,7 foizgacha kamaytirildi.
Ayni paytda Farg‘ona tumanida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida profilaktik hamda modernizatsiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.



