Viloyat hokimi o‘rinbosari Farg‘ona tumanida fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2026-07-20 17:40:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Komila Kavlonova Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 15 nafar fuqaroning ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilmagan 9 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish hamda ijrosini tuman hokimligi mas’ullari tomonidan qat’iy nazoratga olish vazifasi yuklatildi.



