Respublika ishchi guruhi yosh tadbirkor faoliyati bilan tanishdi
2026-07-20 14:00:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona tumanida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida “Mindon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Boqijonov Jamshidbek Qoyiljon o‘g‘lining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tadbirkorning ish jarayoni, amalga oshirayotgan loyihalari hamda erishayotgan natijalari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, yosh tadbirkorga faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va biznesini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






