Respublika ishchi guruhi “Obod” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi
2026-07-20 13:30:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi a’zolari Farg‘ona tumanida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan loyiha va takliflar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ilgari surilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va mas’ullar oldiga zarur vazifalar qo‘yildi.




