“Obod” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
2026-07-20 13:05:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona tumanida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida “Obod” mahallasi yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov faoliyati misolida yoshlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish hamda yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yoritildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi.




