Farg‘ona tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hashar ishlari davom etmoqda
2026-07-19 20:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Hashar tadbirlari davomida tumanning barcha mahallalarida ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar, jamoat maskanlari va boshqa hududlarda keng ko‘lamli tozalash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, chiqindilar olib chiqilib, atrof-muhitning ozodaligi ta’minlanmoqda.
Mazkur xayrli tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etib, mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Obodonlashtirish va hashar ishlari tumanning barcha hududlarida davom ettirilib, aholi uchun yanada qulay, ozoda va obod yashash muhitini yaratishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.


