Xitoy kompaniyasi bilan zamonaviy bo‘yoq ishlab chiqarish loyihalari muhokama qilindi
2026-07-18 22:10:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Shinjon-Uyg‘ur Avtonom Rayoni Bayingolin Mo‘g‘ul Avtonom Okrugida faoliyat yurituvchi "Xinjiang Yongkun Cooling" Co., Ltd. kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning tashqi va ichki fasadlar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bo‘yoq mahsulotlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Muloqot chog‘ida mazkur ishlab chiqarish loyihalarini tuman hududida amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va mahalliy sanoatni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.




