Xitoyda chorvachilik sohasidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-07-18 22:10:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Shinjon-Uyg‘ur Avtonom Rayoni Bayingolin Mo‘g‘ul Avtonom Okrugida faoliyat yurituvchi "Hua Ling Niu Ye Bao Zhou Company" rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Farg‘ona tumani hududida chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsuldor naslli chorva bosh sonini ko‘paytirish hamda ushbu yo‘nalishda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va chorvachilik sohasida zamonaviy tajribalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.




