"Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot va sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-18 16:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani "Vaziyo" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Farg‘ona tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Mahkamov tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Ayollar daftari"ning 4-toifasida ro‘yxatda turgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, aliment undirish, mehnat huquqlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bepul yuridik yordamdan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, har bir murojaatchi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Mavjud masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.


