Farg‘ona tumanida “Tibbiyot – korrupsiyadan xoli soha” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2026-07-17 18:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasida “Tibbiyot – korrupsiyadan xoli soha” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari, malakali shifokorlar ishtirokida tuman aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hududdagi sport maktablari tomonidan turli sport musobaqalari hamda ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan yozning issiq kunlarida to‘g‘ri ovqatlanish, suyuqlik iste’molini me’yorida tashkil etish, quyoshning zararli ta’siridan saqlanish hamda issiq urishining oldini olish bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish hamda tibbiyot tizimida ochiqlik, shaffoflik va fuqarolar bilan samarali muloqotni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlardan biri bo‘ldi.









