10-Guliston saylov okrugida sessiyaoldi nazorat tadbiri o‘tkazildi
2026-07-16 11:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Mustafo Yo‘ldashev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shuhratjon Rahimov tomonidan 10-Guliston saylov okrugi hududida sessiyaoldi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida "Gulpiyon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish loyihasining amalga oshirilish jarayoni va bajarilgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur loyiha "Deputatlar tashabbusi" tanlovida g‘olib deb topilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun 1 milliard 647,7 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda loyiha doirasidagi qurilish ishlari to‘liq yakunlangan.
O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi. Nazorat tadbiri natijalarini Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish belgilab olindi.



