Debitor qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy tadbirlar davom etmoqda
2026-07-14 22:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani prokuraturasi, tuman hokimligi hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish, to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida qarzdor iste’molchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga amaldagi qonunchilik talablari hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, qarzdorlikni qisqartirish, to‘lov intizomini ta’minlash va energiya resurslaridan oqilona foydalanishni targ‘ib etish bo‘yicha nazorat ishlari mas’ul idoralar hamkorligida davom ettirilmoqda.


