Murojaatlar ijrosi va muhim tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-07-14 11:05:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov raisligida hokimlik apparati xodimlari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning olti oyi yakunlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilib, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda Farg‘ona tumani tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ularni yuksak saviyada tashkil etish va bayram dasturlarini mazmunli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.






