Eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-14 10:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov hamda hokim o‘rinbosari Akbarjon Axrorov tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida joriy yilning o‘tgan olti oyi yakunlari bo‘yicha eksport ko‘rsatkichlari va amalga oshirilgan loyihalar tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda mavjud imkoniyatlar muhokama etildi.
Shuningdek, eksport hajmini yanada oshirish, yangi tashqi bozorlarga chiqish, eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida eksport salohiyatini yuksaltirish va belgilangan ko‘rsatkichlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






