"Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar uchun psixologik treninglar tashkil etildi
2026-07-12 09:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanining "Kaptarxona" va "Damko‘l" mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mehrjon" ayollar va bolalar markazi tomonidan trener-psixolog Gavharoy Tojimatova ishtirokida "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan, psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun psixologik suhbat va treninglar tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish, oilada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan turli psixologik o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning ruhiy holatini yaxshilash, muloqot madaniyati va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.






