Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda
2026-07-07 17:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanining "Yuqori Vodil" mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida hududda elektr ta’minoti sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari boshlandi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, elektr energiyasi yetkazib berishdagi uzilishlarning oldini olish hamda aholi uchun yanada qulay va ishonchli infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.
Hududlarda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.


