Fuqarolar murojaatlari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi
2026-07-07 13:05:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov raisligida hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida mas’ullarga fuqarolar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijro nazoratini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.




