“Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorning sport loyihasi o‘rganildi
2026-07-02 22:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ixtiyorjon Sultonov, hokim o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari ishtirokida “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yosh tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan sport zali loyihasi bilan tanishildi.
O‘rganish davomida loyiha orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda mahallada zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sport obyektidan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.



