Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari yozgi oromgohga kuzatildi
2026-07-01 18:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning 80 nafar farzandi 12 kunlik mazmunli dam olish uchun Farg‘ona tumani “Log‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Bilimdon” bolalar oromgohiga yuborildi.
Shu munosabat bilan Farg‘ona tumani hokimligida bolalarni yozgi dam olish maskaniga kuzatish marosimi tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etib, bolajonlarga yozgi ta’tilni mazmunli, xavfsiz va maroqli o‘tkazish bo‘yicha samimiy tilaklarini bildirdi.
Uchinchi mavsum doirasida tashkil etilgan oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ijodiy mashg‘ulotlar hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.









