Yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-07-01 16:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi tomonidan dam olish sihatgohida yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish, kuch va vositalarni tezkor safarbar etish, qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, obyekt xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mashg‘ulot yakunida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish hamda qutqaruv bo‘linmalarining shayligini doimiy ravishda oshirib borish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.






