Farg‘ona va Qadamjay tibbiyotchilari hamkorlikni mustahkamlamoqda
2026-07-01 15:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Husniddin Toshboyev Qirg‘iz Respublikasining Qadamjay tumanidagi Umumiy shifokorlik amaliyoti markazida bo‘lib, muassasa rahbari Sultan Kaarov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, tibbiy turizm yo‘nalishidagi hamkorlik ham kengayib bormoqda. Xususan, 2025-yilda Qirg‘iz Respublikasidan Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasiga 260 nafar fuqaro davolanish uchun murojaat qilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki olti oyidayoq ularning soni 198 nafarga yetgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda o‘zaro tajriba almashishni davom ettirishga kelishib oldilar.



