Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
2026-06-30 20:00:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida hokim yordamchilari tomonidan har bir mahallaning iqtisodiy salohiyati va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar va amaliy takliflar yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosini jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan taklif va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, mahallalarning iqtisodiy drayverlarini to‘liq ishga solish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar berildi.






