Hokimlik soatida ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi
2026-06-30 19:00:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida tuman hokimligi apparati xodimlari hamda tuman korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari ishtirokida hokimlik soati o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash, investitsiya loyihalari ijrosi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tegishli yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman rivojiga oid ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.






