Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-29 21:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan Farg‘ona tumani hokimligi binosida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘inining Toshtepa-2 ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kontrakt to‘lovlari hamda ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, belgilangan tartibda ijrosi ta’minlanishi qayd etildi.




