“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-06-28 16:40:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva hamda Farg‘ona tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Mahkamov ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining 145-son va 239-son qarorlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, huquqiy yordamga muhtoj toifadagi xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Ijrosi qo‘shimcha choralarni talab etadigan murojaatlar tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.


