Navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-26 19:35:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkatjon Jo‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Jami 6 ta murojaat qabul qilinib, har bir masala yuzasidan tegishli tartibda choralar belgilandi.
Jumladan, 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 3 ta murojaat esa ijrosi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.






