Qo‘riqlash xizmati tomonidan profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi
2026-06-26 16:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda qo‘riqlash xizmatlarining afzalliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarga xonadonlar va tadbirkorlik subyektlarini qo‘riqlovga topshirishning qulayliklari va ishonchli jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qo‘riqlovga olingan ob’yektlar ustidan kecha-kunduz nazorat o‘rnatilishi, favqulodda yoki xavfli holatlar yuzaga kelganda esa tezkor harakatlanuvchi guruhlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borishi tushuntirildi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarni hushyorlikka chaqirish, mol-mulk daxlsizligini ta’minlash hamda jinoyatlarning oldini olish borasida tavsiyalar berildi.




