Mahalliy Kengash tavsiyalari ijrosi yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi
2026-06-26 11:00:00 / Yangiliklar

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, 8-Kaptarxona saylov okrugi deputati G‘. Sayidmirzayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Raximov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi O. Dadajonova tomonidan Barqaror Hamjihatlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotda ijro intizomini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aholiga suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani aniqlanib, mazkur masala nazoratga olinib, “Deputat yon daftari”ga qayd etildi. Mazkur yo‘nalishda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.


