Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-24 18:40:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli mas’ullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida ular ijro uchun tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi hamda ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.




