Investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-20 20:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tumanda faoliyat yuritayotgan belorussiyalik investor bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Fermi 777” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish va qadoqlash loyihasining amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq mavjud masalalar ko‘rib chiqilib, ularni tezkor va samarali hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
Shuningdek, mazkur loyiha hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat yaratish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida investitsiya loyihasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.



