Farg‘ona tumanida yirik parrandachilik loyihasi muhokama qilindi
2026-06-20 19:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov turkiyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida “Turon Turk Fergana” MCHJ tomonidan tumanda zamonaviy parrandachilik infratuzilmasini yaratishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Xususan, loyiha doirasida 400 ming bosh quvvatga ega parrandalarni so‘yish va qayta ishlash majmuasi, muzlatkichli omborxonalar, inkubatoriya, yem ishlab chiqarish zavodi hamda elevatorlar qurilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda mazkur loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, oziq-ovqat sanoati salohiyatini oshirish va eksport hajmlarini kengaytirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tomonlar loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy va texnik jihatlari yuzasidan fikr almashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.




