Sayyor qabulda bildirilgan murojaat amaliy yechim topdi
2026-06-16 13:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 9-iyun kuni Farg‘ona tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida beton elektr tayanchlari o‘rnatish yuzasidan murojaat bildirilgan edi.
Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan “Bo‘ston” MFYning Bo‘ston ko‘chasiga 15 dona yangi beton elektr tayanchi yetkazib berildi va ularni o‘rnatish ishlari tashkil etildi.
Natijada fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, hududda elektr tarmoqlari infratuzilmasini yanada mustahkamlash uchun zarur sharoit yaratildi.
Mahalla aholisi murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topilganidan mamnunligini bildirib, mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddilarga o‘z minnatdorligini izhor etdi.



